← Blog

Yevropaga keta olmaydigan shaxslar: kimlarga viza berilmaydi?

2 daqiqa o'qish 88 ko'rish
Yevropaga keta olmaydigan shaxslar: kimlarga viza berilmaydi?

Yevropada ishlash imkoniyati ko'pchilikni qiziqtirsa-da, barcha xohlovchilar ham xalqaro mehnat bozoriga chiqish imkoniga ega bo'lavermaydi. Konsullik talablari, elchixona qoidalari hamda xorijiy ish beruvchilarning qat'iy mezonlari sababli muayyan toifadagi fuqarolar Yevropaga keta olmaydi yoki ularning ishchi vizalari rad etiladi.


Soxta va noto'liq hujjat taqdim etganlar 

Ishchi viza olishda faqat hujjat topshirishning o'zi yetarli emas, har bir hujjat to'g'ri, aniq va ishonchli bo'lishi shart. Elchixonalar hujjatlarga juda talabchan bo'lib, anketadagi bitta harfning xato yozilishi yoki pasportdagi ma'lumotga mos kelmasligi vizadan rad javobi ("otkaz") olishga yetarli sabab bo'ladi. Quyidagi holatlarda elchixona vizani qat'iyan rad etadi:


  • Noto'liq yoki xatolar bilan to'ldirilgan hujjatlar topshirilganda.
  • Davlatning viza talablariga umuman mos kelmaydigan hujjatlar taqdim etilganda.
  • Soxta hujjatlar taqdim etilganda.

Firibgarlarga ishonib, yolg'on va'dalar qurboniga aylanganlar

Chet elga ketishga shoshilgan va oson yo'llarni qidirgan shaxslar ko'pincha firibgarlar tuzog'iga tushib, Yevropaga keta olmay qolishadi. Quyidagi belgilarga ko'r-ko'rona ishonish safarning bekor bo'lishi va mablag'larning yo'qotilishiga olib keladi:


  • Hech qaysi xususiy agentlik viza berishga kafolat bera olmaydi, chunki yakuniy qaror har doim vakolatli organlar va elchixona tomonidan qabul qilinadi. Shunga qaramay, "100% viza kafolati"ga ishonganlar oxir-oqibat aldanib qoladi.
  • Rasmiy shartnoma ko'rsatilmasdan, hamma narsaga faqat og‘zaki va’da qilinganda.
  • Xizmat to‘lovi rasmiy hisob raqamiga emas, shaxsiy kartaga o‘tkazilganda.

Noqonuniy ishlashni va qoidalarni aylanib o'tishni maqsad qilganlar

 Ba'zi fuqarolar turistik viza bilan borib, yashirincha ishlashga harakat qilishadi, biroq turistik viza bilan ishlash qat'iyan taqiqlangan harakat hisoblanadi. Hujjatsiz ishlash ularni barcha ijtimoiy himoyadan mahrum qiladi. Kutilmaganda kasal bo'lib qolsa, barcha tibbiy xarajatlar davlat tomonidan qoplanmaydi. Eng yomoni shundaki, noqonuniy ishlash oyliksiz qolish, yirik jarima hamda uzoq yillik deportatsiyaga olib keladi.


Vakansiyaning qat'iy talablariga mos kelmaydiganlar

Yevropa mehnat bozori o'z ishining ustalarini qabul qiladi. Ish beruvchilarning maxsus talablariga javob bermaydigan nomzodlar saralash bosqichidanoq chetlatiladi.


  • Yosh va tajriba: ko'plab vakansiyalarda qat'iy yosh chegarasi mavjud, masalan haydovchilar uchun 25-50 yoki 55 yoshgacha. Shuningdek, xalqaro yuk tashuvchi haydovchilari uchun C+E toifali guvohnoma hamda kamida 1 yillik ish tajribasi qat'iy talab qilinadi.
  • Kasbiy malaka va til: tibbiyot sohalarida ishlamoqchi bo'lganlar diplomli hamshira bo'lishi va nemis tilini B1 darajada bilishi shart. Kasbiy sertifikatlari, tajribasi va ish beruvchi so'ragan malakasi yo'q nomzodlarga viza ham, ish ham berilmaydi.

Qonuniy va xavfsiz migratsiya har doim tayyorgarlik va to'g'ri hujjatlarni talab qiladi. O'z vaqtingiz, asabingiz va mablag'ingizni yo'qotmaslik uchun xorijga ketish jarayonini litsenziyaga ega mutaxassislarga topshirish eng to'g'ri qarordir.

Izohlar (2)

  • Нодир4-sen, 2026, 12:38

    Ассалому алейкум

  • Mansurbek4-sen, 2026, 13:04

    Shu yevropaga ishga ketmoqchi edim qanday ketsa buladi Povar sohasida 4 yil tajriba bor til rus va ozgina ingliz tili

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar